Afrika kubogi. "A" guruhi. Kamerun va Burkina-Faso keyingi bosqichda

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2017
Afrika kubogi 3-turida Kamerun Gabon bilan durang o'ynadi, Gvineya-Bisau Burkina-Fasoga yutqazdi.

Shu tariqa, beshtadan ochko to'plagan Kamerun va Burkina-Faso terma jamoalari keyingi bosqichga yo'l olishdi. Musobaqa mezboni Gabon esa guruh bosqichida yurishini to'xtatishga majbur bo'ldi. Bundan tashqari debyutant Gvineya-Bisau ham guruhdan chiqa olmadi.


Afrika kubogi

3-tur

"A" guruhi

Kamerun – Gabon 0:0 (0:0, 0:0)
Kamerun
– Ondoa, Teyku, Ngade-Ngadjui, Oyongo, Nkulu, Salli (Zua, 76), Bassogog (Abubakar, 83), Fe, Mukandjo, Tambe (Toko-Ekambi, 83), Siani.
Gabon –   Ovono, Appindangoye, Ze Ondo (Vakter, 57), Palyun (Kevin, 73), Manga, Biyogo-Poko, Ndong, Martinsson-Nguali, Buanga, Obameyang, Evuna (Mbingi, 77).
Ogohlantirishlar: Siani (18).

Gvineya-Bisau – Burkina-Faso 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar:
0:1 – 11, avtogol Rudinilson, 0:2 – 57 Traore.
Gvineya-Bisau – Jonash, Rudinilson, Mamadu, Dabo, Juari, Nani (Sana, 63), Fransishku (Balde, 75), Zezinyu, Silva, Piketi (Kamara, 65), Mendi.
Burkina-Faso –   Koffi, Dayo, Kulibali, Yago, Kone, Traore (Ture, 67), Kabore, Nakulma, Banse (Bayala, 59), Traore (Sare, 78), Traore.
Ogohlantirishlar: Traore (7), Kabore (45), Juari (80).





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia