"Adana Demirspor" "Manchester Siti" futbolchisini ijaraga oldi

Alisher
6 avg 2021, 15:49
"Adana Demirspor" "Manchester Siti" darvozaboni Ariyanet Murichni bir yilga ijaraga oldi.

Bu haqda turk klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

22 yoshli kosovolik futbolchi "shaharliklar" tarkibida 2015 yildan beri to'p tepadi. U bu vaqt davomida ijara asosida "NAK Breda", "Nottingem Forest", "Jirona" va "Villem II" jamoalarida o'ynadi.

Murich 2018 yildan beri Kosovo terma jamoasiga chaqiriladi.


AlisherMuallif
Manba: adanademirspor.org.tr