Abubakr Mo'ydinov "Dinamo" futbolchisi sifatida tanishtirildi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023
"Dinamo" jamoasi Pro liga 2-davrasi oldidan o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

"Dinamo" bilan Qirg'iz Respublikasidagi yig'inda ishtirok etgan Abubakr Mo'ydinov klub a'zosiga aylandi. 23 yoshli yarim himoyachi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolandi. 

Mo'ydinov Pro liga 1-davrasini "Andijon-SGS" klubida o'tkazib, 5 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatidan joy olgan. 

Andijon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalmish Abubakir 2000 yilning 7 iyul kuni tug'ilgan. U faoliyati davomida "Andijon-SGS"dan tashqari, Estoniya va Qozog'istonda ham to'p tepgan. Umid qilamizki, Abubakr "Dinamo" jamoasining Superligaga yo'llanma olishida munosib hissa qo'shadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia