Abror Ismoilov ikkinchi davrani ham "Neftchi"da o'tkazadi

Alisher
28 iyul 2022
"Neftchi"da birinchi davrani ijara asosida o'tkazgan "Paxtakor" yarim himoyachisi Abror Ismoilov mavsum so'nggiga qadar farg'onaliklar safida harakat qiladi.

"Birinchi davrani jamoamiz tarkibida o'tkazgan Abror Ismoilov ikkinchi davrani ham jamoamiz tarkibida o'tkazadi, Ismoilov xuquqiy jihatdan Paxtakor PFK jamoasiga tegishli bo'lgan futbolchi yil yakuniga qadar ijara asosida jamoamiz safida to'p tepadi. 

 Avval  xabar berganimizdek,  jamoamiz ikkinchi davraga tayyorgarlik, ko'rishni so'ngi boshqichini Farg'onada o'tkazmoqda", - deyiladi "Neftchi" xabarida.


AlisherMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати