Abror Ahmedzyanov: "Osiyo chempionatidan keyingi dastlabki uchrashuvda ishtirok etdik. Yangi parket biroz noqulaylik tug'dirdi"

Абдулвосит Бектемиров
11 iyul 2024, 22:34
O'zbekiston futzal terma jamoasi a'zosi Abror Ahmedzyanov Gvatemalaga qarshi kechgan bahsdan so'ng uchrashuv haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.




- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Bugun juda og'ir o'yin o'tkazdik. Osiyo chempionatidan keyingi dastlabki uchrashuvda ishtirok etdik. Bir haftadan buyon intensiv mashg'ulotlar o'tkazib kelmoqdamiz. Ertangi uchrashuvda natijani yaxshilaymiz.

- Bugun terma jamoamiz o'yinida vaziyatlarni unumli foydalanish bo'yicha muammolar kuzatildi. Bunga sabab nima?

- Biroz omadimiz kelmadi xolos.

- Gvatemalalik futzalchilarning mahoratiga qanday baho berasiz? Jahon chempionatida esa Gvatemaladan ham kuchliroq raqiblarga qarshi to'qnash kelamiz. Gvatemalalik futzalchilarga qarshi harakatlanish qanchalik qiyin bo'ldi? Vaholanki bugungi raqibimiz top jamoa hisoblanmaydi.

- Hozirgi kunda kuchsiz terma jamoalarning o'zi yo'q. Raqibimiz ham bugun juda yaxshi o'yin namoyish etdi.

- Bugungi uchrashuvda terma jamoamiz qanday qiyinchiliklarga duch keldi?

- Yangi parketga moslashib ketish qiyin kechmoqda.




Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia