

- Qiyin o'yin bo'ldi. "Lokomotiv" 5 ta himoyachi bilan o'ynagani bizga yorib o'tishda qiyinchilik tug'dirdi. Tezkor gol ham ta’sir qildi. Futbolda oxirigacha kurashish kerak. Shukr, bugun g'alabaga erishdik.
- Jamoada sheriklarning almashib turishi qiyinchilik tug'dirmaydimi?
- Yo'q, qiyin bo'layotgani yo'q. Ular bilan oldindan o'ynab kelamiz.
- Jamoada muammo yo'qmi? Birinchi bo'limda "Olimpik"da ishtiyoq yo'qdek ko'rindi...
- Yo'q, bizda va jamoamizda hammasi yaxshi. Birinchi bo'limda mezbonlarning 5 talik himoya chizig'i bizga ozroq qiyinchilik tug'dirdi.



