"Abduqodir Husanov kamgap, ammo kuchli futbolchi" - "Lans" ustozi

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2025
Fransiyada Xusanov o'zining inkor etib bo'lmaydigan mahorati evaziga "yirtqich" laqabini olgan.

"Manchester Siti" uni qo'lga kiritishni kafolatlash uchun bejiz 40 mln evro va bonuslar taklif etmadi.

Xusanov havas qilsa arziydigan jismoniy kuchga ega markaziy himoyachi, shuningdek, yuqori darajadagi sprinter: uning "Reyms" futbolchisi Junya Itoni 37 km/s tezlikda quvib kelayotgani aks etgan video internetni larzaga keltirgan.

"U kamgap, ammo kuchli futbolchi. Men kelganimda, Danso kyetish arafasida edi. O'shanda Jan-Lui Leka ("Lans" sport koordinatori – tahr.) menga: "Xavotir olmang, Abduqodir shu yerda", degandi. 

U xato qilmagan ekan. Husanov haqiqatan ham ulkan salohiyatga ega", – dedi "Lans" bosh murabbiyi Uill Still.

Husanov hozirdanoq himoyadagi tajovuzkorligi bilan ajralib turadigan Ruben Diashga qiyoslanyapti. Bu, ayniqsa, Gvardiolaga maqul keladigan jihat.

Avvalroq Fabricio Romano Abduqodir Husanovning qachon "Manchester Siti" bilan shartnoma imzolashini ma'lum qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GOAL Italia