A seriyada ham “boksin dey” ko'ramiz..mi?

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2017
Italiya chempionati tashkilotchilari Rojdestvo bayrami va Yangi yil kunlari oldidan tur uchrashuvlarini o'tkazish imkoniyatlarini ko'rib chiqishmoqda.

Bu boradagi dastlabki taqvimga fevral oyi oxirida aniqlik kiritiladi. Aprel oyida klublar “boksin dey”ga tayyorliklarini tasdiqlashlari lozim.

Joriy mavsumda ushbu ekspriment B seriya bahslarida sinovdan o'tkazildi. Unga ko'ra ushbu kunlardagi bahslarda muxlislar tashrifi 6 foizga ko'paydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia