A Seriya. "Roma" mehmonda "Milan" bilan durang o'ynadi, Shomurodov zaxiradan o'yinga qo'shildi

Alisher
30 dek 2025
A Seriya 18-tur doirasidagi "Milan" - "Roma" o'yini bo'lib o'tdi.

Rimliklarning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov 86-daqiqada Artyom Dovbikning o'rniga maydonga tushdi.

Eldor Shomurodovning 88-daqiqada bosh bilan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegdi. Ammo, keyinroq hamyurtimiz o'yindan tashqari holatda qolgani ma'lum bo'ldi.

O'zbekistonlik forvard 90+4 daqiqada milanliklardan to'pni olib qo'ydi va bir o'zi qarshi hujumga qochib ketdi. Ammo, mezbonlar o'yinchisi Matteo Gabbiya Shomurodovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi.


"Milan" - "Roma" 1:1

Gollar: 1:0 – 16 Reynders, 1:1 – 23 Dibala.

"Milan": Menyan, Teo, Tiav, Gabbiya, Emerson, Terrachchano (Bennaser, 46), Fofana, Ximenes, Reynders, Chukvueze (Abraxam, 62), Morata (Kamarda, 86).

"Roma": Svilar, Ndika, Xummels (Chelik, 46), Manchini, Pizilli, Dibala, Anxelino, Paredes, Kone (Pellegrini, 46), Salemakers (El-Shaaravi, 79), Dovbik (Shomurodov, 86).

Ogohlantirish: Kone (4), Xummels (13), Fonseka (40), Teo (43), Morata (44), Paredes (67), Chelik (71), Reynders (82), Gabbiya (90+4).

Chetlatish: Fonseka (43).





AlisherMuallif
Manba: championat.asia