A Seriya. Shomurodov qaytdi va "Kalyari" o'zining olti o'yinlik g'alabasiz seriyasiga barham berdi

Alisher
3 mar 2024
Italiya A Seriya 27-tur doirasidagi "Empoli" - "Kalyari" o'yini bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov uzoq tanaffusdan so'ng maydonga qaytdi. Hujumchi o'yinning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va bahs so'nggiga qadar harakat qildi. Qayd etish kerakki, "Kalyari" bugungi g'alaba bilan o'zining olti o'yinlik zafarsiz seriyasiga barham berdi.


"Empoli" - "Kalyari" 0:1

Gol: 0:1 – 69 Yankto.

"Empoli": Kaprile, Ismayli, Luperto, Valyukevich (Cherri, 82), Kakache (Peccella, 72), Kovalenko (Djasi, 72), Marin, Male, Kambyagi, Kancheleri (Faccini, 72), Destro (Nyang, 58).

"Kalyari": Skuffet, Mina, Dossena, Audjello (Acci, 78), Yankto (Veteska, 77), Deyola, Makumbu, Gaetano (Shomurodov, 87), Nandes, Lapadula (Mutandva, 87), Luvumbu (Zappa, 32).

Ogohlantirish: Gaetano (17), Mina (79), Skuffet (85).


A SERIYA TURNIR JADVALI


AlisherMuallif
Manba: championat.asia