

Ushbu uchrashuvda terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov 15 daqiqa harakat qildi va maydonga tushganidan uch daqiqa o'tib, o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Sofascore nashri ushbu bahs uchun Eldorga 7,5 baho qo'ydi. Bu esa rimliklar safidagi eng katta ball bo'ldi.





