

“Inter” mehmonda “Lacio”ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Gollarga Lautaro Martines (6), Petar Suchich (39) va Genrix Mxitaryan (76) mualliflik qildi. Qayd etish kerakki, rimliklar himoyachisi Alessio Romanoli jiddiy fol uchun 59-daqiqada maydondan chetlatildi.
“Yuventus” ham mehmonda g'alabaga erishdi. Dushan Vlaxovichning birinchi daqiqadayoq urgan goli turinliklarga “Lechche” ustidan g'oliblikni taqdim etdi.
Chempionlikka erishgan “Inter” 36 o'yindan so'ng 85 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o'rinlarda “Napoli” (35 ta o'yin, 70 ochko), “Yuventus” (36 ta o'yin, 68 ochko), “Milan” (35 ta o'yin, 67 ochko), “Roma” (35 ta o'yin, 64 ochko) va “Komo” (35 ta o'yin, 62 ochko) bormoqda.







