40 yoshli Pissarodan o'ziga xos rekord

Germaniya kubogining 1-bosqichida “Verder” “Atlas Delmenxorst” klubini yirik (6:1) hisobda taslim etdi.

Mazkur bahsda bremenliklar hujumchisi Klaudio Pissaro raqib darvozasiga ikkita gol urishga erishdi. Perulik hujumchi ushbu musobaqada “dubl” qayd etgan eng yoshi ulug' futbolchi (40 yosh, 10 oyu, 7 kunlik) sifatida tarixda qoladigan bo'ldi.
 Germani kubogi tarixida -1980-yilgi mavsumda “Frexen” klubi hujumchisi Karl Lambertin 44 yoshida gol urishga erishgan. 44 yoshda “dubl” qayd etish esa Pisarroga nasib etdi.

Perulik hujumchi 2019/20 yilgi mavsum yakuniga ko'ra futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma'lum qilgan.


Manba: Opta Sports