

Sudamerikana kubogi doirasida "Atletiko Paranaense" va "Aukas" uchrashuvi taniqli Lucho Gonsalesaning faoliyatidagi so'nggi uchrashuv bo'lib yodda qoldi. Tribunadagi muxlislar o'yinning dastlabki besh daqiqasida futbolchini tinimsiz olqishladilar.
Malumot uchun, Lucho faoliyati davomida 29 ta sovrin yutgan. U Yevropadan tashqarida "River Pleyt", "Urakan", "Al-Rayan" va "Atletiko Paranaense" singari klublarda to'p tepishga ulgurdi.

Lucho Argentina terma jamoasi safida 45 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta to'p kiritgan.



