4-tur tomoshabinlar tashrifi. Toshkentga muxlislar qaytdi

Iskandarov Abdulaziz
4 apr 2022
Superliganing ortda qolgan 4-turida bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

O'tkazilgan barcha o'yinlarda stadionlarga tushgan tomoshabinlar ko'rsatkichi quyidagicha ko'rinish oldi. 


QO'QON-1912 – METALLURG - 1:0

31 mart 2022 yil. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 1240 tomoshabin 


BUNYODKOR - DINAMO 2:1

31 mart, 2022 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni 1910 tomoshabin



SURXON – AGMK - 1:2

1 aprel 2022 yil. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 320 tomoshabin


PAXTAKOR – NAVBAHOR 1:0

1 aprel 2022 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 12767 tomoshabin 



QIZILQUM – NEFTCHI 3:0

1 aprel 2022 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 945 tomoshabin 


SO'G'DIYONA – OLIMPIK 1:1  

2 aprel 2022 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 11651 tomoshabin 



LOKOMOTIV – NASAF 0:1 

2 aprel 2022 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 861 tomoshabin 


Umumiy hisobda 7ta bellashuvni bevosita stadiondan 29694 nafar muxlis kuzatgan. O'rtacha har bir uchrashuvga 4242 tomoshabin to'g'ri kelmoqda. Bu turda muxlis yig'ish bo'yicha eng yaxshi natija Toshkentda kechgan "Paxtakor" - "Navbahor" o'yiniga to'g'ri keldi, 12767. Ochig'i ancha vaqtdan beri poytaxt maydonlarida bunday holat kuzatilmagan edi. Qizig'i 3-turda "Paxtakor" stadioni bu borada oxirgi o'rinni egallagandi. Eng past ko'rsatkich Samarqandda "Surxon" - AGMK o'yinida qayd etildi, 320. 


3-turda tomoshabinlar tashrifi. "Navbahor" doimgidek yetakchi, "Paxtakor"da eng past ko'rsatkich


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia