Italiyada g'alayon: Muxlislar federatsiya qarorgohini tuxumbo'ron qilishdi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2026
Italiya terma jamoasining JCH-2026 yo'llanmasidan quruq qolgani mamlakatda katta norozilik to'lqinini keltirib chiqardi.

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) qarorgohi oldida muxlislar keskin norozilik akciyasini o'tkazishdi.

G'azabga mingan ishqibozlar federatsiya binosini tuxumlar bilan "siylashdi" va bino yaqiniga tashkilot prezidenti Gabriele Gravinaning iste'fosini talab qiluvchi bannerlarni ilib ketishdi.

Eslatib o'tamiz, Jennaro Gattuzo boshchiligidagi Italiya terma jamoasi saralashning hal qiluvchi bahsida Bosniya va Gertsegovinaga imkoniyatni boy berib (1:1, pen. 1:4), ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatidan tashqarida qoldi. Muxlislar bunday muvaffaqiyatsizlikda bevosita futbol rahbariyatini ayblamoqdalar.

Italiya futbolidagi inqiroz nafaqat maydonda, balki ko'chalarda ham davom etmoqda. Endilikda federatsiya rahbariyatining ushbu bosimlarga qanday javob berishi barchaning diqqat markazida bo'lib turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com