35 yoshli Yilmaz Fransiya klubi bilan shartnoma imzoladi

Eldor Akmurzayev
1 avg 2020, 19:48
“Beshiktosh” forvardi Burak Yilmaz faoliyatini Liga 1'da davom ettiradi. U “Lill” a'zosiga aylandi.

Tomonlar 2 yillik kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, hujumchi erkin agent sifatida Fransiya klubiga o'tgan. U “Napoli”ga transfer bo'lgan Viktor Osimxenning o'rnini olishi aytilmoqda.

Burak yakunlangan mavsum istanbulliklar tarkibida 26 o'yinda qatnashib, 14 gol urishga erishgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/losclive