Burak Yilmaz - "Beshiktosh" bosh murabbiyi

Omonjon To`xtamirzayev
11 okt 2023
"Beshiktosh" Burak Yilmazni vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi roliga tayinladi.

Turkiyalik hujumchi shu yil yozda professional faoliyatini yakunlagandi.

38 yoshli Yilmazning oxirgi jamoasi niderlandiyaning "Fortuna Sittard" klubi edi. 2022 yilda Yilmaz "Lill" bilan birga Fransiya chempionatida g'olib bo'lgandi.

Yilmaz faoliyati davomida Turkiyaning "Beshiktosh", "Galatasaroy", "Fenerbaxche", "Trabzonspor" va boshqa klublarida to'p tepgan. Milliy terma tarkibida Burak 77 o'yinda 31 ta gol urishga erishgan.

"Beshiktash" ayni vaqtda Turkiya chempionatida 4-o'rinda bormoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Бешиктош" клуби матбуот хизмати