Yilmaz "Lill"dan erkin agent maqomida ketadi

Alisher
21 may 2022
Hujumchi Burak Yilmaz yozda "Lill"dan ketadi.

Klub 36 yoshli turk bilan yangi shartnoma imzolanmasligini e'lon qildi.

Turkiyalik forvard 2020 yildan beri jamoada o'ynaydi. U barcha musobaqalarda 72ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 10ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Yilmaz mart oyi so'nggida Portugaliya bilan o'yindan keyin Turkiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: losc.fr