36 yoshli Yilmaz "Fortuna" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U ikki mavsumdan so'ng klub murabbiyiga aylanadi

Alisher
24 iyun 2022
Forvard Burak Yilmaz Sittardning "Fortuna" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

36 yoshli turkning shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan, undan ikki yilini o'yinchi sifatida, keyingi uch mavsumni esa murabbiy sifatida o'tkazadi.

Yilmaz 2020 yildan beri "Lill"da o'ynaydi. Forvard bu vaqt davomida barcha musobaqalarda 72ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 10ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: fortunasittard.nl