33 yoshli murabbiy "Bavariya"da Flikning o'rnini egallashi mumkin

Alisher
11 mar 2021, 16:04
"RB Leyptsig" ustozi Yulian Nagelsmann mavsum so'nggida klubini o'zgartirishi mumkin.

33 yoshli mutaxassisning xizmatlariga Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda. Yulian Germaniya terma jamoasida ish boshlashi mumkin bo'lgan Xans-Diter Flikning o'rnini egallashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Yoaxim Lyov Evro-2020dan so'ng milliy jamoani tark etadi.

Nagelsmann "RB Leyptsig"ni 2019 yildan beri shug'ullantiradi. Mutaxassis bunga qadar "Xoffenxaym"da ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: Bild