32 foiz aholisi qashshoqlikda yashovchi mamlakat Messi boshchiligidagi Argentinaga qarshi o'yin uchun 10 million dollar to'laydi

Khoja
27 okt 2025, 08:53
Angola terma jamoasi amaldagi jahon chempionlari Argentinaga qarshi bahs olib boradi.

Tomonlar o'zaro kelishuvga erishdilar. Kelishuvga ko'ra, Argentina terma jamoasi Messi boschiligidagi to'liq tarkibda o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Buning uchun, Angola futbol federatsiyasi Argentinaga 10 million dollar to'laydi. Uchrashuv 14 noyabr kuni Angola poytaxti Luande shahrida bo'lib o'tadi.

Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, Angola aholisining qariyb 32 foizi qashshoqlik chegarasida yashaydi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com