28 yoshli Mateta ilk bor Fransiya terma jamoasiga chaqirildi

Sherzod Nurmatov
3 okt 2025
"Kristal Pelas"ning 28 yoshli hujumchisi Jan-Filipp Mateta Fransiya terma jamoasidan birinchi marta chaqiruv oldi.

Joriy mavsum 10 o'yinda 4 ta gol urgan futbolchi oktyabr oyida Fransiya terma jamoasining JCH-2026 saralashi doirasidagi Ozarbayjon va Islandiyaga qarshi o'yinlar uchun taklif qilingan.

Avvalroq Mateta faqat Fransiya yoshlar terma jamoalarida o'ynagan va 2024 yilgi Olimpiada o'yinlari uchun ham tarkibga kiritilgandi.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham shunday dedi:

"Menga shu tipdagi o'yinchilar yoqadi. U gol urishga qodir. Ha, u unchalik yosh emas, lekin Fransiya terma jamoasida deyarli barcha yosh toifalarida o'ynash tajribasiga ega".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tribalfootball.com