27 yanvar kuni O'zbekiston MTJ Bahrayn bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2021, 12:19
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi yanvar oyida Dubay shahrida uch haftalik yig'in o'tkazadi.

Srechko Katanets boshchiligidagi terma jamoamiz 21 yanvar kuni Tokioda Yaponiya bilan, 1 fevralda esa Dubayda Yangi Zelandiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida xabarlar chiqqandi.

Bu yig'in doirasida, 27 yanvar kuni Dubay shahrida Bahrayn bilan ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi ma'lum bo'ldi. Bu haqda O'FA xalqaro bo'lim boshlig'i Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov championat.asia saytiga bergan intervyusida.

To'liq intervyuni tez orada saytimizda tomosha qilishingiz mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia