23 yoshli Xulian Alvvares rekord qo'ydi

Mirjalol Normatov
11 iyun 2023
"Manchester Siti" futbolchisi Xulian Alvares bir mavsumning o'zida klublar miqyosida trebl qayd etgan va JCHni yutgan ilk futbolchi bo'ldi.

Tunda "shaharliklar" forvardi YCHL g'olibiga aylandi. Bunga qadar "Siti" Angliya Kubogi va APL bosh sovriniga ega chiqqandi.

Undan tashqari, Alvares ushbu mavsum Argentina termasi bilan birgalikda jahon chempionligini qo'lga kiritgandi.

23 yoshli futbolchi "Manchester Siti"dagi ilk mavsumida 31 o'yinda 9 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal