23 yoshli Xoland YCHLning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida top-20ga kirib oldi

Aziz Tukhtamuradov
26 okt 2023
Erling Xoland Yevropa chempionlar ligasidagi eng yaxshi 20 nafar to'purar qatoriga kirib oldi.

U kecha "Yang Boyz"ga qarshi bahsda dublga erishdi va ushbu turnirdagi 37-golini urdi. 

Xoland bunday natijaga 33 ta o'yinda erishdi. 

YCHL to'purarlari ro'yxati (top-20):

1. Krishtianu Ronaldu – 140;

2. Lionel Messi – 129;

3. Robert Levandovski – 92;

4. Karim Benzema – 90;

5. Raul – 71;

6. Rud van Nistelroy – 56;

7. Tomas Myuller – 53;

8. Terri Anri – 50;

9. Alfredo Di Stefano – 49;

10. Andrey Shevchenko – 48;

11. Zlatan Ibragimovich – 48;

12. Eysebio – 46;

13. Filippo Indzagi – 46;

14. Muhammad Salax – 44;

15. Dide Drogba – 44;

16. Neymar – 43;

17. Kilian Mbappe – 42;

18. Alessandro del Pero – 42;

19. Serxio Aguero – 41;

20. Erling Xoland – 37.

Qayd etish lozimki, ushbu ro'yxatda faqatgina Xolandda bitta o'yinda o'rtacha bittadan ko'p gol bor (1 ta o'yin - 1,12 gol). Eng yaxshi to'purar Ronalduda esa bu ko'rsatkich 0,77 ni tashkil etadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA