20 mln funtga sotib olingan "Chelsi" futbolchisi ketishiga ishora qilmoqda

Sherzod Nurmatov
18 noya 2024, 15:34
2022 yilda "Aston Villa"dan kelib qo'shilgan "Chelsi" yarim himoyachisi Karni Chukvuemeka o'yin vaqtiga ega bo'lish uchun kurashishda davom etmoqda.

Jarohatlaridan to'liq forig' bo'lgan va o'yinga yaroqli holatda turganiga qaramay, 21 yoshli futbolchi joriy mavsum Enco Mareska qo'l ostida Premer-ligada birorta ham imkoniyatga ega bo'lmadi. Uning maydondagi barcha harakatlari Kubok o'yinlari bilan chegaralangan, bu esa klub muxlislarida xavotir uyg'otmoqda, deb xabar berdi "The Chelsea Chronicle".

Boshlang'ich tarkibda muntazam o'rni yo'qligi va doim zaxira sifatida qaralishi futbolchini yanvardayoq ketishga majbur qilishi mumkin. Chukvuemeka ijtimoiy tarmoqlarda shunga shama qilib, Instagram'da o'zining boshqa klubga o'tishi haqidagi postga layk bosgan.

"Chelsi" Liga Kubogidan chiqib ketgani hisobga olinsa, Chukvuemekaning o'yin vaqti cheklangan holatda qolishi to'g'ri mantiqqa ega. U hozir doimiy o'yin amaliyoti va o'zini yuqori saviyada ko'rsatish imkoniyati kafolatlangan yangi klub topishdan manfaatdor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Chelsea Chronicle