

Lissabon klubi Julio Sezarni sotib olishni rejalashtirmoqda. "Benfika"ning asosiy darvozaboni Yan Oblak jamoani tark etishi kutilmoqda va klub rahbarlari Sezarni uning o'rniga olib kelishmoqchi.
O'tgan mavsumni Julio Sezar ijara asosida "Toronto" klubida o'tkazdi. Uning transfer huquqi KPR jamoasiga tegishli.



