Janluiji Buffon: "Italiya qiyin vaziyatlarda doimo yaxshi o'yin ko'rsatadi"

Aziz Tukhtamuradov
22 iyun 2014, 20:41
Italiya terma jamoasi darvozaboni Janaluiji Buffonning fikricha italiyaliklar Urugvay terma jamoasiga qarshi yaxshi o'yin ko'rsata oladilar.
"Bu bizning ananamiz hisoblanadi. Italiya qiyin vaziyatlarda doimo yaxshi o'yin ko'rsatadi. Balki uchta himoyachi bilan o'ynarmiz. Himoyachilarimiz universal futbolchilardir.
O'yinimizni ob-havoga bog'lamoqchi emasman. Ha, Braziliyada noqulay havo hukm suradi. Lekin, barcha bir hil sharoitda to'p surmoqda", - deydi Buffon.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net