"Yuventus" futbolchisini Manchester jamoalariga taklif qildi

Mirjalol Normatov
11 yanv 2025, 00:15
"Yuventus" rahbariyati futbolchi Duglas Luisni 45 mln evro evaziga sotib yubormoqchi.

Oldinroq tarqalgan ma'lumotlarda futbolchi "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Fulxem"ga taklif qilinganligi aytilgandi. "Corriere dello Sport" ma'lumotiga ko'ra, "Yuventus" "Aston Villa"dan 21 mln evro evaziga sotib olingan futbolchini 45 mln evrodan kamiga sotib yubormoqchi emas.

Ushbu mavsumda xavbek A Seriyaning 13 o'yinida qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport