"Yuventus" Chuamenini xarid qilishni rad etdi

Aslanov Jasurbek
4 may 2022, 18:32
"Yuventus" "Monako" yarim himoyachisi Orelen Chuamenining xaridini rad etdi.

Italiya klubi futbolchi uchun juda ham yuqori narx qo'ydi. "Monako" o'yinchini kamida 50 mln evroga baholamoqda va u o'sishda davom etmoqda.

"Yuventus" rabhariyati o'yinchining xaridi bo'yicha ortiq muzokara o'tkazmadi. Turin klubi tarkibni kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ko'radi.

Futbolchi joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttojuve