"Yuventus" "Barselona" yulduziga ega bo'lmoqchi

Alisher
29 dek 2024, 12:20
"Yuventus" "Barselona"ning urugvaylik himoyachisi Ronald Arauxoga qiziqmoqda.

Kataloniyaliklar urugvaylik bilan shartnomani uzaytirish borasida qiyin muzokaralarni o'tkazishmoqda. Tomonlar hozircha kelishuvga erisha olishmadi. Agar yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishilmasa, "ko'k-anorranglilar" himoyachining sotuvini ko'rib chiqishi mumkin.

Ronald Arauxo "Barselona" safida 150ta o'yin o'tkazib, 8ta gol va 5ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AlfredoPedulla