Yorqin Nazarov: "Gol urish uchun omad yetishmadi"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2026, 00:00
Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Kattaqo'rg'on" – "Sho'rtan" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o'z fikrlarini bildirdi.

- Avvalo, "Sho'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Biz Birinchiligadan Pro ligaga ko'tarilgan bo'lsak, "Sho'rtan" aksincha Superligadan Pro ligaga tushgan jamoa hisoblanadi. Shu bois kuchli raqibga qarshi o'ynashimizni bilar edik. Dastlabki 15–20 daqiqada yigitlarda hayajon sezildi. Stadion muhiti ta’sir qildimi, bilmadim, ammo shu vaqt oralig'ida ikkita gol o'tkazib yubordik. Shundan keyin jamoam o'zini qo'lga oldi. Futbolchilar ko'rsatmalarimizni bajara boshlashdi. Golli vaziyatlar yaratdik, ammo to'p darvozaga kirmadi, - dedi Yorqin Nazarov.

- Demak, tezkor gollar o'yin taqdiriga ta’sir ko'rsatdimi?

- Albatta. Gollardan keyin "Sho'rtan" mustahkam himoyalanishini bilar edik. Ular asosan qarshi hujumlarga tayandi. Bu o'yin ortda qoldi, endi navbatdagisiga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Ikkinchi bo'limda "Kattaqo'rg'on" katta ustunlikka ega bo'ldi. Vaziyatlardan foydalana olmaslikni omadsizlik deb baholash mumkinmi?

- Ikkinchi bo'limda yuz foizlik golli imkoniyatlarimiz bo'ldi. Raqib darvozaboni bir necha bor jamoasini qutqardi. Gol urish uchun omad yetishmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia