"Yashnobod" ustozi: "Bugun bizga tajriba yetishmadi"

Eldor Akmurzayev
4 avg 2019
O'zbekiston Kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan Paxtakor hamda Yashnobod klublari o'rtasidagi o'yindan (5:0) keyin o'tkazilgan matbuot anjumani o'tkazildi.

Uning birinchi qismida mehmonlar ustozi Aziz Fayziev ishtirok etdi.

“Jamoamiz yosh va debyutant hisoblanadi. Yaxshi o'yin bo'ldi deb hisoblayman. Bugungi bahs uchun shogirdlarim va Paxtakorga rahmat aytaman. Bugungi natijaga jismoniy tayyorgarligimiz emas, biroz tajribamiz yetishmagani sabab bo'ldi deb o'ylayman. Endi bu futbol va unda hamma narsa bo'lishi mumkin”, – deydi Fayziev.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia