Yarmolenko APLga ko'chib o'tishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2018
Yarim himoyachi Andrey Yarmolenko yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Londonga boradi.

Yaqin kunlarda Yarmolenko tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Londonga borishi kutilmoqda. "Vest Xem" futbolchining transferi uchun "Borussiya D" ga taxminan 22 million to'laydi. Shartnoma to'rt yilga mo'ljallangan.

O'tgan mavsumda Andrey "Borussiya D" tarkibida 26 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol urgan va shuncha golli uzatma amalga oshirgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal