

Ushbu bahsda kataloniyaliklar yetakchisi Lamin Yamal jarohat oldi. Bahsda ispaniyalik futbolchi penaltini amalga oshirgandan keyin oyoq mushaklarida og'riq sezib, golni ham nishonlay olmay maydonga yotib oldi.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, Laminda tizza osti paylari uzilib ketgan bo'lishi mumkin. Agar jarohat nisbatan engilroq, yani pay cho'zilishi bo'lsa futbolchi 2-3 haftani maydon ortida, agar pay uzilishi kuzatilgan bo'lsa 2 oydan 4 oygacha jarohatini davolash bilan o'tkazadi.



