Xuntelaar maydonga faqat bundesliganing ikkinchi davrasida qaytishi mumkin

Tolibjon Qosimov
17 okt 2013, 15:09
“Shalke-04” klubi sport direktori Xorst Xeldt, Klaas-Yan Xuntelaarning tiklanish muddati xususida ma'lumot berib o'tdi.

“Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, Xuntelaar jamoaga birinchi davrada yordam beri olmasligi mumkin.

Hozircha futbolchining tiklanishi uchun ikki xil variant ko'rib chiqilayapti – bosqichma-bosqich davolanish yoki operaciya.

Bu biz uchun katta zarba desam adashmayman, chunki futbolchi yaqinda jarohatidan tuzalib maydonga qaytgan edi”, - deydi Xeldt.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli gollandiyalik jarohatidan tuzalib safga qaytganidan so'ng, birinchi mashg'ulotdayoq yana tizzasidan jarohat olgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru