Xummels Italiya va Germaniyadagi futbol uslubini solishtirdi

Sherzod Nurmatov
28 apr 2025, 17:10
Ilgari "Borussiya D" va "Bavariya" jamoalarida o'ynagan "Roma" himoyachisi Mats Xummels A Seriya va Bundesligadagi futbolni solishtirib ko'rdi.

"Futbolchi sifatida qancha vaqt o'ynashingizdan qati nazar harakat qilsangiz, doim moslashib keta olasiz.

Italiya futboli nemis futbolidan farq qiladi: bu yerda yakkakurashlar ko'p. Bazi Bundesliga jamoalari buni qiladi, lekin men o'ynagan jamoalarda bunday emasdi. Bu, albatta, men uchun yangi narsa edi, lekin siz bu o'yin uslubiga tezda ko'nikasiz", – dedi tajribali himoyachi.

Avvalroq Xummels "Borussiya"ga qaytib, klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Xo'sh, sizga qaysi chempionat futboli qiziqroq? Italiya A Seriyasi yoki Germaniya Bundesligasi?


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato