Xorvatiya Yevropa futbolida o'ziga xos nomga ega va doimo ko'pchilikning e'tiborida turadi. Bu yerda o'zini ko'rsatgan iqtidorlar darrov agentlarning nazariga tushadi va faoliyatini boshqa mamlakatda davom ettirish uchun yo'l olish imkoniyati ancha yuqori. Xorvatiya futboli, klublar futboli va “Xayduk” to'g'risida bilishimiz zarur bo'lgan ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.
Xorvatiya futbolida ayni paytda asosan ikki grand jamoa mavjud. Bular – Zagrebning “Dinamo” va Splitning “Xayduk” klublaridir. Bazida ularga “Rieka” va “Osiek” qarshilik ko'rsatishga urinib turadi.
“XAYDUK” FUTBOL KLUBI
Tashkil etilgan sanasi: 1911 yil 13 fevral
Laqabi: “oqlar”
Stadioni: “Polyud”, 35 ming tomoshabinga mo'ljallangan
Menejeri: Marin Brbich
Bosh murabbiyi: Igor Tudor
O'tgan mavsumda chempionatda to'rtinchi o'rinni egallagan.
Muvaffaqiyatlari: 9 karra Yugoslaviya chempioni va Kubogi sohibi, 6 martadan Xorvatiya chempioni, kubok sohibi va superkubok egasi.
Split jamoasi o'z vaqtida Chempionlar Kubogi va UEFA Kubogida yarim finallargacha yetib borib, Yevropada nomi chiqqan klubga aylangan. Sobiq Yugoslaviya mamlakati parchalanib ketgach, Xorvatiya o'z chempionatini tashkil qilgan. Unda “Xayduk” poytaxtning “Dinamo” jamoasi bilan jiddiy raqobatga kirishib keladi. Amaldagi chempion sanalgan “Dinamo” 15 bor oltin medallarni qo'lga kiritgan. Xorvatiya yuqori divizionida 10 jamoa ishtirok etib, ular 4 davrada 36 uchrashuv o'tkazishadi. Hozircha Split jamoasi peshqadam “Dinamo”dan 6 ochkoga ortda bormoqda. Mamlakat chempioni YCHL saralash bosqichida ishtirok etadi. Ikkinchi o'rin sohibi Yevropa Ligasida ikkinchi saralash raundi, bronza medali sohibi esa Yevropa Ligasida birinchi raunddan saralash bahslarida qatnashadi. “Xayduk”da joriy mavsum chempionlikka erishib, YCHL saralash o'yinlarida ishtirok etish imkoniyati mavjud. O'tgan mavsumda jamoa Xorvatiya Kubogini qo'lga kiritgan.
Split shahri jamoasini ayni paytda Igor Tudor boshqarmoqda. Ushbu himoyachi faoliyati davomida Turinning “Yuventus” klubi uchun o'ynagani bilan mashhur. Jamoa uy o'yinlarini “Polyud” stadionida o'tkazadi. 35 ming muxlisni sig'dira oladigan stadion mamlakatdagi eng chiroyli stadionlardan biridir. Markaziy uchrashuvlar vaqtida stadion muxlislar bilan liq to'ladi. Lekin Xorvatiyada chempionat o'yinlariga qiziqish unchalik yuqori darajada emas. Avvalgi mavsumda muxlislarining o'rtacha tashrifi 2511 nafardan iborat bo'lgan. Bu bizdagidan deyarli ikki baravar kam ko'rsatkich hisoblanadi. Lekin bellashuvlarni Yevropaning boshqa davlatlaridan kelgan skaut va mutaxassislar qoldirmasdan kuzatib borishadi. Bu tarafdan Xorvatiya ko'p mamlakatlardan ustunlikka ega.
Klublar moliyaviy jihatdan unchalik baquvvat emaslar. Shu sababli maoshlarga pul sarflash borasida Xorvatiya chempionati Yevropada eng oxirgi guruhga kiritiladi. O'sha guruhga maoshlar uchun bir yilda 3 million evrodan kamroq pul sarflaydigan jamoalar kiritiladi. Demak, byudjet taraflama ushbu davlat klublarini o'zimizning jamoalar bilan bemalol taqqoslash mumkin. Lekin ishni qo'lga qo'yish va kuchli futbolchilarni tarbiyalash bo'yicha oliy ligamiz Xorvatiya yuqori divizionidan sezilarli farq bilan ortda qolib ketgan. Buni tan olish kerak. Bu yerda yoshlarga katta e'tibor qaratiladi. Klublar asosan akademiya tarbiyalanuvchilarini sotish evaziga kun ko'rishadi. Xorvatiya chempionatida futbolchilarning o'rtacha yoshi 24,1 ni tashkil qiladi. Bu esa Sloveniyadan keyingi Yevropadagi eng yosh natija hisoblanadi. “Xayduk” esa o'z akademiyasida tarbiyalagan futbolchilarning yuqori liga klublarida o'ynashi borasida Yevropada uchinchi o'rinda turadi. Yani, Split klubi maktabida tahsil olgan 55 nafar futbolchi Yevropaning turli birinchiliklarida yuqori divizionda to'p tepishadi. Ularning 39 nafari boshqa davlatlarda, 16 nafari “Xayduk” safida o'ynaydi. Abduxoliqovning yangi jamoasi ushbu natida bo'yicha Yevropada “Ayaks” va “Partizan”dan ortda xolos. “Dinamo” 14, “Osiek” esa 19-pog'onada turibdi. Ushbu ko'rsatkichlar Xorvatiyada yoshlar va akademiya tarbiyalanuvchilariga e'tibor yuqori darajada ekanligini ko'rsatadi.
“Xayduk” safida tarbiyalangan mashhur futbolchilar qatoriga Alen Bokshich, Slaven Bilich, Milan Rapaich, Ivan Leko, Vedran Rune, Stipe Pletikosa, Dario Srna, Nikica Elavich va Nikola Kalinichlarni keltirish mumkin.
Xorvatiya chempionati UEFA koefficentlar reytingida 19,375 ochko to'plagan holda 20-o'rinda turibdi. Yuqorida Isroil, Kipr va Daniya chempionatlari joylashgan. Klublardan esa “Dinamo” 23,925 ball bilan 84, “Xayduk” 9,925 ochko to'plab 162-pog'onaga joylashgan. Klublar miqyosida xorvatiyaliklar anchadan buyon katta muvaffaqiyatlarga erisha olishmayapti. YCHLning guruh bosqichda o'ynash hozir juda yaxshi natija sanaladi. Albatta, bunga mahoratli futbolchilarning porlashi bilan darhol Yevropaning kuchli klublariga sotib yuborilishi sabab.
“Dinamo” Zagreb esa futbolchi tarbiyalab, ularni pullash bo'yicha qitadagi eng yaxshi natijalardan biriga ega. Oxirgi yillarda Luka Modrich, Vedran Chorluka, Deyan Lovren, Milan Badelj, Eduardo singari o'yinchilar transferi “Dinamo”ga bir necha yillik byudjetini shakllantirib olish imkoniyatini tuhfa qildi. Klub akademiyasida 200 nafar tarbiyalanuvchi tahsil oladi, 11 akademiya va 2 yoshlar jamoasi faoliyat ko'rsatadi. 21 murabbiy ish olib borib, jami 9 skaut doimiy ravishda Xorvatiya, Bosniya, Avstraliya, AQSH va Kanadada yosh futbolchilarni kuzatish bilan band bo'ladi. Akademiyaning yillik byudjeti taxminan 1 million evro atrofida. So'nggi 5 yilda akademiyaga 6,5 million evro sarflangan va futbolchilarni sotishdan 50 million evro ishlab topilgan. Akademiyaning o'zi 43,5 million evro sof daromad keltirgan! 5 yilda 23 nafar yosh futbolchilar boshqa klublarga sotib yuborilgan. Mateo Kovachich, Tin Edvay va Sime Vrsaljko ortidan Alen Xalilovich, Fran Brodich va Robert Murich Yevropa klublari e'tiborini tortib ulgurishdi.
Milan Badelj, Zvonimir Boban, Vedran Chorluka, Eduardo, Mateo Kovachich, Niko Kranchar, Yerko Leko, Deyan Lovren, Luka Modrich, Robert Prosinechki, Zvonimir Soldo, Dario Shimich, Dino Drpich singari mashhur o'yinchilar aynan “Dinamo” akademiyasini tamomlashgan. Hozir “Barselona” Xalilovichni sotib olish payida.
Abduxoliqov yaxshi o'yin namoyish etgan taqdirda Yevropaning kuchliroq birinchiligiga ko'chib o'tishi, shuningdek, Xorvatiya klublari e'tiborini O'zbekiston futbol bozoriga jalb qilishi mumkin. Biz esa Temurxo'jaga omad tilagan holda uning o'yinlarini kuzatib boramiz.
Behzod NAZAROV.