Xordi Alba Ispaniya terma jamoasiga qaytdi

Aslanov Jasurbek
8 noya 2018, 17:34
Ispaniya futbol federatsiyasi matbuot xizmati Bosniya va Gertsegovina hamda Xorvatiyaga qarshi bo'ladigan bahslar uchun milliy jamoaga chaqirilgan futbolchilarni e'lon qildi.

Tarkibga so'nggi terma jamoalar o'yinini o'tkazib yuborgan "Barselona" himoyachisi Xordi Alba qaytarildi. Oldinroq, futbolchi va terma jamoa ustozi Luis Enrike o'rtasidagi munosabatlar buzilgani haqida aytilgan edi.

Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar

Darvozabonlar: Pau Lopes (Betis), David de Xea (Manchester Yunayted), Kepa Arrisabalaga (Chelsi);

Himoyachilar: Xonni Otto (Vulverxempton), Sesar Aspilikueta (Chelsi), Serxio Ramos (Real), Mario Ermoso (Espanol), Inigo Martines (Atletik), Xose Gayya (Valensiya), Jordi Alba (Barselona), Diego Lorente (Real Sosedad), Brays Portela (Selta);

Yarim himoyachilar: Serxio Roberto (Barselona), Daniel Sebalos (Real), Rodri (Atletiko), Serxio Buskets (Barselona), Pablo Fornals (Vilyarreal), Saul Niges (Atletiko), Marko Asensio, Isko (ikkisi – Real);

Hujumchilar: Suso (Milan), Rodrigo Moreno (Valensiya), Yago Aspas (Selta), Alvaro Morata (Chelsi).

Ispaniya terma jamoasi 11 noyabr kuni Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Millatlar ligasidagi Xorvatiya bilan o'yin 15 noyabrda o'tishi rejalashtirilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RFEF