

Osiyoga sayohat qilgan Amat buvisi nafaqat indoneziyalik, balki qirollik oilasining a'zosi ekanligini ham bilib oldi. Natijada Amat Indoneziya orollaridan biri bo'lgan Siau qirolligining shahzodasiga aylandi.
Mozzart Sport nashri xabariga ko'ra, Xordi Amat ricar unvoniga sazovor bo'lgan va Siau shahzodasiga aylangan. Endi uning to'liq ismi shunday ataladi - Oliy Hazrati shahzoda Xordi Amat Maas.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yil oxirida 30 yoshli futbolchi Indoneziya terma jamoasida debyut qilgandi.
Xordi Amat Yevropadagi faoliyati davomida "Espanol", "Rayo Valekano", "Suonsi", "Betis" va "Eypen" klublari sharafini himoya qilgan.



