Alba Messi bilan yana jamoadoshga aylanishi mumkin

Оқил Абдубарноев
18 iyun 2023
"Barselona" sobiq himoyachisi Xordi Alba yaqin kelajakda Lionel Messi bilan jamoadoshga aylanishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi "Inter Mayami" bilan shartnoma borasida kelishib olgan.

Kelishuv tez orada yakunlanishi mumkin, ammo "Atletiko", "Inter" va Saudiya Arabistoni klublari ham Albani o'z safida ko'rishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Alba va "Barselona" o'rtasidagi shartnoma bekor qilingani haqida xabar berilgandi. Himoyachi so'nggi o'n bir mavsum davomida Kataloniya klubida o'ynadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mundo Deportivo