Xenderson: "Italiyaga qarshi o'ynash oson bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
11 iyul 2021, 12:12
Angliya termasi xavbeki Jordan Xenderson Evro-2020 finali doirasida Italiyaga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Bu muhim o'yin va biz uchun juda katta imkoniyat. "Liverpul" bilan YCHL finalida o'ynashdan boshqacha hissiyotlar bahsh etmoqda. Biz "Uembli"damiz, uyimizdamiz, bu yerda umuman boshqacha atmosfera hukm suradi.

Futbol hayotidagi eng muhim xodisalardan birida natija qayd etishga yaqin turibmiz. Italiya - ajoyib jamoa va shuning uchun ham finalgacha yetib keldi. Ularning himoyasi eng mustahkami, shuningdek, hujumchilari ham juda kuchli. Shu boisdan bizga qiyin bo'ladi.

Agarda biz o'z darajamizni ko'rsatib, kutilgan o'yinimizni namoyish qila olsak, Italiya termasini qiynab qo'ya olamiz", - dedi Xenderson.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports