"Viktoriya"ga qarshi o'yin chiptalari narxi "Manchester Siti" muxlislari g'azabiga sabab bo'ldi

Tolibjon Qosimov
12 sen 2013, 12:00
"Manchester Siti" muxlislari Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi birinchi turidan o'rin olgan "Viktoriya"ga qarshi o'yin chiptalari narxlaidan norozi ekanliklarini ochiqchasiga namoyish etmoqda, deya xabar beradi Daily Mail.

Chiptalarning birinchi "partiya"sining donasi 47 funt sterlingdan sotilgandi. Ikkinchi "partiya"si esa 86 funtdan sotuvga qo'yilgan. Chiptalar narxining bunday qimmat ekanligi Chexiyadagi stadion o'z bag'riga bor-yo'g'i 12,500 muxlisni sig'dira olishi va chiptalarga talabning kattaligi bilan tushuntirilmoqda. "Siti" muxlislari esa bunday narx siyosati o'g'irlikka teng deb hisoblashmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru