“Bugungi uchrashuvda finalni ko'zlab maydonga tushgandik. Tarkibni almashtirib o'ynadik, ularni finalga charchab qolishmasin degandik. O'zbekistonni finalga chiqqani bilan tabriklayman. Ammo hakamlik juda yomon bo'ldi. Bu musobaqa kutilmagan natijalarga boy bo'lmoqda. Osiyoda futzal rivojlanib bormoqda. Biroq hakamlik bunga mos bo'lmayapti, yonimizdagi hakam umuman hushtak chalmadi. Faqat biz xato qilgandek bo'lib chiqdik. Qaytaraman, O'zbekiston uchun xursandman”, - deydi Xermans.
- Xose Mariya Mendezning Tailand terma jamoasini yaxshi bilishi natijaga ta’sir qildimi?
- U Tailandga 2012 yilda kelganida terma jamoa yangi tuzilgandi. “Chonburi”da ishlaganida terma jamoaning deyarli barcha futzalchilari bu klubda o'ynardi. Men 8ta mamlakatda ishlaganman. Pulpis ham buni bilardi.
- Balki Tailand terma jamoasi asosiy vaqtda durangdan ko'ra g'alabaga haqliroqmidi?
- Yo'q bugun teng o'yin bo'ldi. Faqatgina raqib o'ynovchi darvozabonni tushirgani uchun gol urib durang qayd etdi.
- O'zbekiston Supxavutni o'yindan chiqarib qo'ydi. Bu o'yinga qanchalik ta’sir qildi?
- Uni hech kim o'yindan chiqargani yo'q deb o'ylayman. Supxavut O'zbekiston terma jamoasida bo'lganida juda ham yordam bergan bo'lardi. U tailandlik.
- O'zbekiston terma jamoasi haqida qanday xulosalaringiz bor?
- Bu erga O'zbekiston haqida gapirish uchun kelmadim. Uzr bu savolga javob bera olmayman.