Viktor Kumikov: "Yirik hisobdagi g'alabani kutgandim"

Alisher
25 iyun 2022, 12:55
"Aral Samali" - "Andijon" (1:6) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o'z fikrlarini bildirdi.

Bugun yaxshi o'ynab g'alaba qozondik. Endi 2-davra o'yinlariga xotirjam tayyorgarlik ko'ramiz. 

To'g'ri, o'yinda tezkorlik bo'lmadi, lekin asosiysi g'alabaga erishdik.

Albatta, bunday yirik hisobdagi g'alabani kutgandim. Ikkinchi bo'limda mezbonlar charchab qolishdi, balki jimoniy tomondan tayyorgarligi yaxshi emasdir. Menimcha, birinchi bo'limda biroz qarshilik qilishdi. Ob-havo ham oz-moz ta’sirini o'tkazdi. Umuman olganda, o'yindan to'liq qoniqdim, -  dedi Viktor Kumikov.




AlisherMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати