Veynaldum "Roma" bilan shartnoma imzoladi

Alisher
3 avg 2022
PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 31 yoshli niderlandiyalik "Roma" bilan shartnoma imzoladi.

Manbaning xabariga ko'ra, bitimga parijliklar o'yinchining ijara asosida rimliklar tarkibiga o'tishiga rozi bo'lishganida erishilgandi.

Veynaldum o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano