“Vest Xem” Jilardinoga qiziqmoqda

16 yanv 2014, 12:21
“Jenoa” hujumchisi Alberto Jilardino “Vest Xem” klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi.

Londonliklar hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida yangi o'yinchi izlab yurishibdi. Klubning “Inter” hujumchisi Isxak Belfodil bilan olib borgan muzokaralari samara bermagach, Jilardinoga transfer taklifi bilan chiqqan.

Yaqinda 31 yoshli italiyalik o'yinchi MLSning “Toronto” klubiga o'tishga rozi bo'lmagan edi.

Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum A Seriyasida Jilardino 8 ta gol urishga erishgan.


Manba: sports.ru