Vest Xem Boni yoki Zazani ijaraga olmoqchi

Narzulla Saydullayev
21 avg 2016
Vest Xem to'rt oyga safdan chiqqan Andre Ayyuning o'rniga hujumchi qidirmoqda.

Daily Mail nashri xabariga ko'ra, londonliklar Manchester Siti ustozi Xosep Gvardiolaning rejalariga kirmayotgan Vilfrid Boni borasida taklif bilan chiqishdi.

27 yoshli futbolchi ham Vest Xemda ijarada o'ynashga tayyor.

Bundan tashqari klub Yuventus bilan Simone Zaza borasida muzokara o'tkazmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk