Vesino faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin

Alisher
8 iyun 2022
"Inter" yarim himoyachisi Matias Vesino "Valensiya"ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, tez orada ispan klubi bosh murabbiyi etib tayinlanadigan Jennaro Gattuzo 30 yoshli urugvaylikni tarkibni kuchaytirish uchun variantlardan biri sifatida ko'rmoqda.

Vesino iyul oyi boshida shartnomasi yakuniga yetishi sabab "Inter"ni erkin agent maqomida tark etadi.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum italyan jamoasi tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano